«Hokimga rahmat!» «Andijon» futbolchilari «Nasaf»ni yenggani uchun 10 million so‘mdan mukofot olishdi
Kecha O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan «Andijon» hamda «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda «Andijon» jamoasi 3:1 hisobida o‘z maydonidagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi.
O‘yin yakunlangandan so‘ng futbolchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Stadion» xabar berdi.
Mazkur taqdirlash marosimida, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov «Andijon»ning har bir futbolchisiga 10 mln so‘mdan pul mukofoti berilishini ma’lum qildi. Shuningdek, jamoa futbolchisi Farhodbek Bekmurotovga o‘tgan mavsumda va’da qilingan «Gentra» avtomashinasi ham tantanali ravishda topshirildi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter