Habib Nurmagomedov kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi
Rossiyalik kurashchi (MMA) Habib Nurmagomedov Derbent shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuv vaqtida yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi, deb yozadi «TASS».
Sportchi hozirda sirtqi bo‘limda tahsil olayotgan Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida oliy ma’lumotli bo‘lish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi bilan jiddiy shug‘ullanish niyati borligini bildirgan. Shuningdek, u sportga qaytishni rejalashtirmayotgani, negaki, unda bellashishga bo‘lgan qiziqish yo‘qolganini ta’kidlagan.
18-noyabr kuni 32 yoshli sportchi yangi mobil operatorini ishga tushirilishi haqida xabar berdi. Nurmagomedovning ta’kidlashicha, u dastlabki paytlarda faqat Moskva va Moskva viloyatini qamrab oladi.
Avvalroq UFC rahbari Deyna Uayt Nurmagomedovning ringga qaytishidan umid qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Uning aytishicha, Konor Makgregor bilan Dastin Pore o‘rtasidagi jang unvon uchun bo‘lmaydi. Negaki, kamarni aynan rossiyalik himoya qilishidan umidi katta.
Habib Nurmagomedov Jastin Getji ustidan g‘alaba qozongandan so‘ng sportni tark etganini e’lon qildi. U UFC chempionligini uch marta himoya qilib, faoliyatidagi g‘alabalar sonini 29 taga yetkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter