G‘ofur Rahimovning o‘rniga nomzod topildi
Afrika boks konfederatsiyasi (AFBC) rahbari Muhammad Mustahsan Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning vaqtincha prezidenti vazifasini bajaruvchi deb tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, qecha tashkilotning amaldagi prezidenti – o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov o‘z xohishiga ko‘ra iste’fo bergandi.
«Inside the Games» xabariga ko‘ra, Mustahsan tashkilot ijroqo‘mi tomonidan telekonferensiya formatida saylangan.
G‘ofur Rahimov o‘tgan yilning 3-noyabrida Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Kongressida 2022-yilgacha AIBA prezidenti etib saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter