AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi
Shu yilning 2-3-noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tgandi.
Kongressda hamyurtimiz G‘ofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda g‘alaba qozonib, tashkilot rahbariga aylangandi. Rahimov bu borada qozog‘istonlik Serik Konakbayevni ortda qoldirdi.
Bugun hamyurtimiz AIBA prezidenti sifatida yurtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevlar kutib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov Moskvada bo‘lib o‘tgan AIBA Kongressida ham bevosita ishtirok etgandi.
G‘ofur Rahimov 2022-yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter