«Everton» endi «portugalcha» o‘ynaydi
Portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu tez orda APLning «Everton» klubi bosh murabbiyligiga o‘tishi kutilyapti. Karlo Ancheloti «Real Madrid»ga qaytganidan so‘ng bu o‘rin bo‘sh turgandi.
Tomonlar «prinsipial kelishuv»ga erishgani aytilmoqda: o‘tgan mavsum yakunida «Vulverhempton»ni tark etgan Nunudan liverpulliklarning umidi katta.
Insayderlarga ko‘ra, 47 yoshli portugaliyalikning agentlari yaqin ikki kun ichida «Everton»dan rasmiy taklif kelishini kutishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter