«Sautgempton» bosh murabbiyi iste’foga chiqdi.
Kecha, 6-aprel kuni Angliya Premer Ligasi 31-turida «Sautgempton» «Tottenhem» (1:3)ga mag‘lub bo‘lib, APLda qolish imkonini yo‘qotgandi.
Fabritsio Romano yozishicha, «avliyolar» jamoasi bosh murabbiyi Ivan Yurich shartnoma bandlaridan foydalanib jamoani tark etgan.
Ma’lumot uchun, xorvatiyalik murabbiy jamoada 108 kun ishladi. Shu vaqt ichida murabbiy APLda o‘tkazgan 14 o‘yinning 1 tasida g‘alaba qozonib, yana 1 o‘yinda durang qayd etgandi. Hozirda jamoa 31-turdan so‘ng 10 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida so‘ngi o‘rinda bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter