AIBA kongressi boshlandi. G‘ofur Rahimov prezidentlikka asosiy da’vogar
Bugun, 2-noyabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Xalqaro boks assotsiatsiyasining (AIBA) 2018-yilgi kongressi boshlandi.
Ushbu majlisda AIBA prezidenti hamda besh yo‘nalish bo‘yicha vitse-prezidentlar saylanadi. Saylangan nomzodlarning vakolat muddati 4 yilni tashkil etadi.
AIBA prezidentligiga o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov hamda qozog‘istonlik Serik Konakbayev nomzod sanalishadi.
«Sport» kanali sharhlovchisi Xayrulla Hamidovning Moskvadan xabar qilishicha, bugun AIBA prezidentligiga nomzodlarning chiqishlari tinglanmoqda. Saylovlar esa ertaga, 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter