Devid Bekxem JCh-2022 elchisi bo‘ldi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining rasmiy elchisiga aylandi.
Aynan shu elchiligi uchun keyingi 10 yil davomida yiliga 15 million funt (20 mln. dollardan ko‘proq), jami 150 mln. funt daromad ham ko‘radi.
Qatarda JChni o‘tkazish inson huquqlariga rioya qilmaslikka sabab bo‘lishi bo‘yicha ko‘plab tortishuvlar bor edi. Lekin Devid Bekxemni bunday mojarolarning oldi olinishiga ishontirishgan.
Bekxem shartnomaga qo‘l qo‘yishdan avval rafiqasi Viktoriya bilan maslahatlashgan. Ularning aytishicha, Qatardagi musobaqa futbol olamida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter