Argentina aqldan ozmoqda. Jahon chempionlari vertolyotda evakuatsiya qilindi
Argentinada 2022-yilgi jahon chempionatidagi g‘alabadan keyingi bayramlar nazoratdan chiqib ketdi.
Buenos-Ayres yakshanba kunidan beri g‘alabani nishonlamoqda: minglab odamlar shahar markazida 1986 yildan beri yana qo‘lga kiritilgan jahon chempioni unvonini nishonlash uchun yig‘ilishgan. Ular «biz har kuni chempion bo‘lmaymiz» deya bayram qilishda davom etishmoqda.
Finaldan so‘ng Argentina poytaxtidan olingan video hayratda qoldirdi: ko‘chalar milliy terma jamoa libosidagi odamlar bilan gavjum edi. Messi va Maradona tasviri tushirilgan plakatlar havoda ko‘tarildi, zamonaviy dunyo hech qachon bunday miqyosdagi bayramni ko‘rmagan.
Terma jamoa seshanba kuni ertalab soat ikkida Buenos-Ayresga qo‘ndi va darhol avtobusda shahar markaziga yo‘l oldi. Bu vaqtda milliondan ortiq odam ko‘chalarda to‘plangandi.
Kun davomida hech kim ko‘chalarni tark etmadi — olomon bayram qilishni davom ettirdi va odamlar tobora ko‘proq to‘planishda davom etdi. Kunning yarmiga kelib ularning soni besh millionga yetdi va shu yerda haqiqiy aqldan ozish boshlandi!
Devorlarga, ko‘priklarga, ustunlarga chiqib olganlar o‘z hayotiga tahdidni o‘ylashmadi. Ulardan bir nechtasi yiqildi ham.
Holat shu darajaga yetdiki, futbolchilarni nazoratdan chiqib ketgan ushbu olomondan evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi.
«Dastlab jamoa barcha muxlislar yig‘ilgan Buenos-Ayresdagi eng gavjum joyga bormoqchi edi, — deydi jurnalist Mariano. — Lekin avtobus yura olmadi, shuning uchun marshrutni o‘zgartirishga majbur bo‘lishdi. Aylanib o‘tishga qaror qilindi. Ammo bu ham ish bermadi, chunki ko‘chalarda odamlar juda ko‘p edi. Avtobus shunchaki yura olmadi. Natijada ular futbolchilarni vertolyotda olib ketishga qaror qilishdi. Ular prezident qabuliga taklif qilingan, biroq federatsiya siyosiy aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun tashrifdan bosh tortgan. Bundan tashqari, AFA prezidenti va Argentina rahbari o‘rtasidagi munosabatlar unchalik yaxshi emas».
Buenos-Ayresda yana qanday ko‘ngilsizliklar bo‘lgani hozircha aniq emas.
Bu — finalda g‘alaba qozonishdan ko‘ra, mag‘lub bo‘lish xavfsizroq bo‘lgan dunyodagi yagona mamlakatga o‘xshaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter