Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov finalda rossiyalikni nokautga uchratdi. Besh bokschimizdan to‘rttasida oltin

Bahodir Jalolov finalda rossiyalikni nokautga uchratdi. Besh bokschimizdan to‘rttasida oltin

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha «Gubernator kubogi» o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz jami 6 ta medal jamg‘ardi.

Bugun final janglarida qatnashgan 5 nafar vakilimizning 4 tasi bahslarni muvaffaqiyatli yakunladi.

+91 kg finalida Bahodir Jalolov musobaqa mezbonlaridan biri Ivan Veryasovni 2-raunddayoq nokautga uchratib, turnirga chiroyli yakun yasab berdi.

Shuningdek, Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg) ham oltin medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Abdumalik Xalakov (-60 kg) kumush va Bobousmon Baturov (-69 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Finalda qayd etilgan natijalar:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Igor Saregorodsev (Rossiya) 4:1 (g‘alaba)

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Mahmut Sabirxan (Qozog‘iston) 5:0 (g‘alaba)

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Dmitriy Spivak (Rossiya) 5:0 (g‘alaba)

-60 kg: Abdumalik Xalakov – Albert Batirgaziyev (Rossiya) 0:5 (mag‘lubiyat)

 +91 kg: Bahodir Jalolov – Ivan Veryasov (Rossiya) (g‘alaba, nokaut)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring