Asadjon Xo‘jayev yana bir lavozimga loyiq ko‘rildi
Bugun AOKAda O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi. Unda assotsiatsiya rahbarlari, Ijroi qo‘mitasi a’zolari, sportchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda tashkiliy masalalar ham ko‘rildi. Assotsiatsiya rahbar organlari tizimiga o‘zgartirish kiritilib, rais lavozimi joriy etildi, tashkilotning yangi Ustavi qabul qilindi.
Shu paytga qadar assotsiatsiya prezidenti vazifasini bajarib kelgan Oybek Normetov assotsiatsiya raisligiga saylandi. Assotsiatsiya prezidentligiga esa Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter