Jahon kubogida kikboksingchilarimiz oltin medallarni taxlab tashlashyapti
O‘zbekiston kikboksingchilari jahon kubogida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan Budapesht shahrida tashkil etilgan 26-Jahon kubogi bahslari davom etmoqda.
Kikboksingchilarimiz bugun 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi:
Samandar Rustamqulov (Navoiy viloyati) 48 kg vazn toifdasida;
Normuhammad Rahmonberdiyev (Namangan viloyati) 60 kg vazn toifasida;
Nazarbek Mahmudov (Navoiy viloyati) 51 kg vazn toifasida;
Saidmurod Hasanov (Andijon viloyati) 63 kg vazn toifasida.
Terma jamoamizga beshinchi oltinni musobaqada 91 kg vazn toifdasida qatnashayotgan Husan Baratov (Toshkent shahri vakili) keltirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter