Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimi kikboksing bo‘yicha xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi

MIB xodimi kikboksing bo‘yicha xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi

Joriy yilning 1-5 fevral kunlari Hindiston poytaxtida kikboksing bo‘yicha «WAKO India Open» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Hindiston, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya va Qozog‘istondan kelgan 550 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdilar.

To‘rtinchi bora tashkil etilayotgan mazkur xalqaro musobaqada O‘zbekiston kikboksing terma jamoasining 42 nafar a’zosi qatorida MIBning Jizzax viloyati G‘allaorol tuman bo‘limi davlat ijrochisi Sardor Qo‘shboqov ham ishtirok etdi.

S.Qo‘shboqov «Kick light» yo‘nalishida 84 kg vazn toifasida ringda mezbon sportchini finalda 0:3 hisobida mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

U oldinroq Toshkentda o‘tkazilgan kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring