Komil Allamjonovdan sirli munosabat: «Exxx... No comment...»
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) rahbari Asadjon Xo‘jayevning «Kun.uz» nashriga yuborgan «ogohlantirish xati» (bunday xat «Gazeta.uz» saytiga ham yuborilgan) muhokamalarga sabab bo‘layotganidan xabaringiz bor. Jamoatchilikning aksariyati AOKA rahbarining bunday xatti-harakatini «erkin jurnalistikaga bosim» deya talqin qilayotgani ham bor gap.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan mazkur masalaga Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov jim turmasligi tabiiy edi. Va shunday bo‘ldi ham.
Vaqtida AOKA direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan K. Allamjonov o‘z nuqtai nazarini qisqa, lo‘nda va sirligina ifoda etdi: «Exxx... No comment...».
Bundan qanday xulosa chiqarish har kimning o‘ziga tan — demoqchi bo‘lingan chog‘i...
Yana qaydam.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter