Hakamga hujum qilgan Arda Turon 16 o‘yinga chetlatildi
Turkiyaning «Istanbul Bashakshexir» klubi yarim himoyachisi Arda Turon 16 o‘yinga diskvalifitsiya qilindi. Bunga uning Turkiya chempionati doirasidagi «Sivasspor» bilan o‘yinda hakamga hujum qilgani sabab bo‘ldi.
Uchrashuv 4 may kuni Istambulda bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobida yakunlandi. Bellashuv so‘nggida qizil kartochka olgan Turon laynsmenga hujum qilgani uchun 10, bosh hakamni haqorat qilgani uchun 3 va unga tahdid qilgani uchun yana uch o‘yinga chetlatildi.
Futbolchi, shuningdek, 39 ming lira (9 200 dollar) miqdorida jarimaga ham tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Istanbul» Turonni «Barselona»dan shu yilning yanvarida ijaraga olgan edi. U Turkiya chempionatining 11 uchrashuvida maydonga tushib, ikkita gol urgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter