Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

APLning qora tanli yulduzi nega tiz cho‘kib, «BLM»ni qo‘llashni istamasligini izohladi

APLning qora tanli yulduzi nega tiz cho‘kib, «BLM»ni qo‘llashni istamasligini izohladi

Vilfrid Zaa.

Foto: «Reuters»

APLning «Kristal Pelas» klubi forvardi va yetakchisi Vilfrid Zaa tiz cho‘kish va «Black Lives Matter» harakatini qo‘llashni istamasligini ma’lum qildi. Bu haqda «Goal» yozmoqda.

«Tiz cho‘kish ahmoqgarchilik ekanini avval ham aytganman. Har qanday vaziyatda ham o‘z terimning rangidan or qilmasligim kerakligini ota-onam bolaligimdan uqtirishgan. Menimcha, tiz cho‘kish emas, tik turgan afzal. Shuning uchun ham tizzalab, kamiga orqasiga «Black Lives Matter» deb yozilgan libosni kiyib nishon bo‘lib yurish niyatim yo‘q», — dedi Zaa.

28 yoshli futbolchi Afrikada, Kot-d’Ivuarda tug‘ilib o‘sgan. U «BLM»ni nega qo‘llashni istamasligiga izoh berdi:

«O‘zimizni tengmiz deyishga urinamiz, biroq hech qachon foydasi tegmaydigan mana bu kabi narsalar bilan o‘ralashib qolamiz. Undan ko‘ra, qaddimizni tik tutib yurganimiz ma’qul. Irqchilik va boshqa narsalar haqida gapirish niyatim ham yo‘q. Qachonki jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmas ekan, menga bu haqda og‘iz ham ochmang».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring