Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek yarim finalning ilk partiyasini boy berdi

Nodirbek yarim finalning ilk partiyasini boy berdi

Germaniyaning Gamburg shahrida shaxmat bo‘yicha «Freestyle Chess G.O.A.T Challenge» turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Dunyoning kuchli sakkiz nafar grossmeysteri ishtirokidagi Fisher shaxmati bo‘yicha musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yarim final bosqichning ilk uchrashuvida Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda o‘ynab, imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bugun Nodirbek ikkinchi partiyada oq donalarda harakat qiladi.

Ikkinchi yarim final juftligida Levon Aronyan dastlabki bahsda Fabiano Karuanadan ustun keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring