Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun bahslashadi

Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun bahslashadi

Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Freestyle Chess G.O.A.T Challenge» turnirida kecha 1/2 final bosqichning javob uchrashuvlari o‘tkazildi.

Saralash bosqichini g‘olib sifatida yakunlagan Nodirbek Abdusattorov final chiptasi uchun rapid va blits shaxmatda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi oq donalarda harakat qildi va durangga erishdi. Ilk partiyadagi g‘alaba Karlsenni finalga olib chiqdi.

Ikkinchi yarim final juftligida Abdusattorovning 3-o‘rin uchun bahsdagi raqibi aniqlandi. Levon Aronyan va Fabiano Karuana asosiy partiyalarda bittadan g‘alabaga erishishdi. Tay-brekda ham g‘olib aniqlanmagach, navbat armagedon partiyaga berildi. Unda Karuana g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Aronyan esa endi Nodirbekka qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.

1/2 final natijalari

Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830) - Nodirbek Abdusattorov 1.5-0.5 (1-0, 1/2)

Levon Aronyan (AQSh, 2725) - Fabiano Karuana (AQSh, 2804) 3-4 (1-0, 0-1, 1-0, 0-1, 0-1, 1-0, 0-1)

5-8 o‘rinlar uchun

Din Lijen (Xitoy, 2762) - Alireza Firuzdja (Fransiya, 2760) 0.5-1.5 (0-1, 1/2)

Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2743) - Vinsent Kaymer (Germaniya, 2738) 2.5-1.5 (0-1, 1-0, 1-0, 1/2)

Final: Karlsen - Karuana

3-o‘rin uchun: Abdusattorov - Aronyan

5-6 o‘rin uchun: Firuzdja - Gukesh

7-8 o‘rin uchun: Din Lijen - Kaymer

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring