Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdusattorov g‘alaba evaziga nufuzli turnir peshqadami bo‘lib oldi

Abdusattorov g‘alaba evaziga nufuzli turnir peshqadami bo‘lib oldi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy «Tata Steel Chess-2025» musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli turnirning «Masters» guruhida Nodirbek Abdusattorov bahs olib boryapti. Kecha o‘tkazilgan uchinchi tur bahsida Abdusattorov qatorasiga ikkinchi g‘alabasini tantana qildi. U qora donalarda o‘ynashiga qaramay, mezbon shaxmatchi Maks Varmerdamni mag‘lubiyatga uchratdi.

Quvonarlisi, Nodirbek 1 durang va 2 g‘alaba bilan 2,5 ochko to‘plagan holda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra peshqadamlikni qo‘lga oldi. Hamyurti Arjun Ergaisini taslim eta olgan hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha ham o‘z ochkolarini 2,5 taga yetkazib oldi. Uchinchi turning markaziy partiyasida hindistonlik Gukesh Dommaradju amerikalik Fabiano Karuana bilan murosaga keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring