2022-yilning eng serdaromad ayol sportchilari aniqlandi
Jahonning sobiq birinchi raketkasi, yaponiyalik tennischi Naomi Osaka 2022-yilda eng ko‘p daromad olgan sport ayol bo‘ldi.
Forbes jurnali hisob-kitoblariga ko‘ra, «Ulkan toj» turnirlarining to‘rt karra chempioni bu yil 1,1 mln dollar ishladi. Shundan 1,1 mln dollar — maoshi, qolgan 50 mln dollar — reklama pullari.
2022-yilning eng serdaromad sportchi ayollari (top-10):
- Naomi Osaka (tennis) — 51,1 mln dollar
- Serena Uilyams (tennis) — 41,3 mln
- Gu Aylin (fristayl) — 20,1 mln
- Emma Radukanu (tennis) — 18,7 mln
- Iga Shventek (tennis) — 14,9 mln
- Vinus Uilyams (tennis) — 12,1 mln
- Kori Gauff (tennis) — 11,1 mln
- Simona Bayls (yengil atletika) — 10 mln
- Jessika Pegula (tennis) — 7,6 mln
- Minji Li (golf) — 7,3 mln.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter