Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 yillik tanaffusdan so‘ng «Milan» taxtga qaytdi (foto)

11 yillik tanaffusdan so‘ng «Milan» taxtga qaytdi (foto)

Italiya chempionatining oxirgi turigacha ham chempion nomi noaniqligicha qolgandi, ammo bugun shubhalarga nuqta qo‘yildi.

«Milan» mehmonda «Sassuolo»ga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alaba qozonib, chempionlikni rasmiylashtirdi. O‘yinda Olive Jiru dublga erishdi. Bu jamoa so‘nggi marta 2011 yilda chempion bo‘lgandi, 11 yillik tanaffusdan keyin ular yana birinchilikni qo‘lga kiritishdi.

«Inter» ham o‘z uyida yirik g‘alabaga erishdi, ammo ularga bu kamlik qilardi. Chunki ular shahardoshlaridan 2 ochko ortda edi. Aslida «Milan»ni durang qoniqtirardi. Shuning uchun bu yil ular haqli ravishda chempion bo‘ldi, deyish mumkin.

A seriya, 38-tur

Sassuolo - Milan 0:3
Gollar: Jiru, 17 (0:1); Jiru, 32 (0:2); Kessi, 36 (0:3)
22 may. Rejo-Emiliya. «Mapei — Chitta-del-Trikolore» stadioni.
Bosh hakam: Daniele Doveri (Rim).

Inter - Sampdoriya 3:0
Gollar: Perishich, 49 (1:0); Korrea, 55 (2:0); Korrea, 57 (3:0)
22 may. Milan. «Juzeppe Meatssa» stadioni.
Bosh hakam: Marko Di Bello (Brindizi).

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring