Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milan» «Inter»ni kubok va trebldan mahrum qildi

«Milan» «Inter»ni kubok va trebldan mahrum qildi

Foto: Yahoo Sports

Italiya kubogi yarim finali javob o‘yinida «Milan» «Inter»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, treblga erishish imkoniyatidan mahrum qildi. «Inter» endi bor kuchini mamlakat chempionligi va Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishga qaratadi.

«Milan»ga kubok finalida «Bolonya» raqib bo‘lishi mumkin. Bugun o‘tadigan ikkinchi yarim final uchrashuvida «Bolonya» o‘z maydonida «Empoli»ni qabul qiladi. Birinchi uchrashuvda bolonyaliklar  safardan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgandi.

Italiya kubogi. Yarim final

Inter — Milan 0:3 (Birinchi o‘yin natijasi — 1:1)

Gollar: Yovich 36, 49, Reynders 87.

Inter: Martines, Bissek, de Vrij, Bastoni, Darmian (Korrea, 83), Barella (Frattezi, 53), Asllani, Dimarko, Mxitaryan, Martines, Taremi (Arnautovich, 53).

Milan: Menyan, Tomori Gabbia (Tia, 59), Pavlovich, Himines, Fofana, Reynders (Felish, 87), Ernandes (Bartezagi, 88), Pulishich, Leau, Yovich (Abraham, 78).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring