Simone Indzagi «Inter» bosh murabbiyligidan ketdi

Simone Indzagi «Inter» bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda 3-iyun kuni klub rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan shartnoma bekor qilingan.
Simone Indzagi «Inter»ni 2021-yildan buyon boshqarib kelayotgandi. Uning davrida klub Italiya chempioni bo‘ldi, ikki marta mamlakat kubogini, uch marta milliy superkubokni qo‘lga kiritdi.
Milanliklarni ikki marta (2022/2023, 2024/2025) Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqan Indzagidan har safar omad yuz o‘girgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter