Umid Shodiyev O‘zbekistonning UNESCOdagi elchisi etib tayinlandi
21-avgust kuni O‘zbekistonning UNESCOdagi elchisi etib tayinlangan Umid Shodiyev Toshkentdan Parijga uchib ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar Umid Shodiyev Nyu-Yorkda BMT qoshidagi O‘zbekistonning doimiy vakolatxonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.
Ilgari (2008 yildan) O‘zbekistonning UNESCOdagi elchisi sifatida Lola Karimova-Tillayeva faoliyat ko‘rsatgan. U mazkur lavozimni tark etishi haqida 2 fevralda ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter