Hokim: «Bizning jamoaga pora kerakmas»

Qonunchilik palatasi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Qodirov o‘zining «Facebook»dagi sahifasida Toshkent shahar hokimining korrupsiya borasidagi fikrlaridan iqtibos keltirdi:
«Hokimliklar, ayyor o‘yinlar qilishni bas qiling. Yana bir bor ogohlantiraman. Yer berilishi shaffof va korrupsiyasiz bo‘lishi kerak. Menga va komandamga pora kerakmas. Yoki Prezidentimizni tushunib, yelkama-yelka yonida turib, katta maqsadimizga birga erishamiz, xalqni rozi qilamiz, yorqin kelajagimizni yaratamiz. Yoki yo‘q bo‘lamiz», degan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Deputat shahar hokimini alqagan: «Har bir rahbar shunday fikrlasa, bizni hech kim to‘xtatolmaydi!»
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan Turobjon Jo‘rayev va uning qo‘l ostidagi bir guruh xodimlarning jinoyatlari fosh etildi. Hokimiyatda ko‘p kvartirali uylarni qurishga ruxsat berish va tadbirkorlarga turar joy ob’yektlar qurilishi uchun yer maydonlarini ajratishda katta miqdorda pora olish tizimi yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter