Prezident qarori bilan yana to‘rt lavozimga tayinlov amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:
Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga;
Bahromjon To‘rayevich Norqobilov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
Nizomidin Jalilovich Bakirov O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori lavozimiga;
Baxtiyor Vahobovich G‘ulomov O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter