Prezident matbuot kotibi millionlab odamlar uyiga xursandchilik olib kiradigan qarorga to‘xtalib o‘tdi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokidagi brifinglar qisqa tanaffusdan so‘ng qayta tiklandi. Brifing vaqtida bir qator masalalar OAVga ma’lum qilindi.
Xususan, jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida o‘tgan hafta, 18 iyul sanasida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorga to‘xtalib o‘tildi. Matbuot kotibi ayniqsa kadastr sohasida Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan qarorga alohida urg‘u berdi.
«Davlatimiz rahbari selektor davomida kadastr hujjati yo‘q xonadonlar bo‘yicha kuyunib gapirdi. Chunki ular tomorqa uchun kredit, subsidiya va ipotekadan foydalanolmayapti. Qolaversa, kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanmoqda.
Shu bois Prezidentimiz bu masala bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqish, ungacha uch karra soliq qo‘llashni to‘xtatib turishga ko‘rsatma berdi.
Yurtimizda kadastr hujjati yo‘q xonadonlar 2 million 600 mingta ekanini inobatga olsak, bu imkoniyat millionlab odamlarimizning uyiga xursandchilik olib keladi», — dedi Sherzod Asadov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter