Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bugun juda muhim masalalarga to‘xtaladi

Prezident bugun juda muhim masalalarga to‘xtaladi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida nutq so‘zlaydi.

140 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etayotgan konferensiyaning kun tartibiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti katta tadbirning kirish qismida, aniqrog‘i BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Qatar kabi davlat rahbarlaridan keyin o‘ninchi tartib raqami ostida chiqish qiladi. O‘zbekistonga Markaziy Osiyo davlatlari ichidan birinchi bo‘lib so‘z berilgan.

Prezidentimiz o‘z nutqida juda muhim va dolzarb masalalarga to‘xtatilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga yetib borgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring