Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubayda dunyodagi eng baland metro stansiyasi quriladi

Dubayda dunyodagi eng baland metro stansiyasi quriladi

Foto: Dubai Media Office

Dubayda amirlik metropolitenining yangi yo‘llarini qurish boshlandi, deb xabar berdi Khaleej Times.

Metroning yangi tarmog‘i shaharning shimoli-sharqiy qismi manzarasini o‘zgartirib, transport tiqinlarini kamaytiradi va Dubay xalqaro aeroporti bilan bevosita bog‘lanadi.

Foto: Dubai Media Office

Loyiha doirasida quriladigan stansiyalardan biri — Emaar Properties diqqatga sazovor. 74 metr balandlikda joylashgan ushbu stansiya jahondagi eng baland metro stansiyasiga aylanadi.

Foto: Dubai Media Office

Dubaydagi yangi texnika mo‘’jizasi 2029-yilda ochilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring