O‘zbekiston Turkmaniston va Eron bilan yangi loyihaga qo‘l urmoqchi
O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron xalqaro transport va tranzit yo‘lagini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Bugun o‘tkazilgan muzokaralarda O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron hukumatlari o‘rtasida xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolashni jadallashtirish, Eron hududida xalqaro avtotransport qatnovlarida milliy tashuvlardan undiriladigan yig‘imlar miqdorini kamaytirish, eksport va import yuklari uchun «Bandar-Abbos» va «Chabahor» portlaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston-Afg‘oniston-Eron xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter