O‘zbekiston elchisi prezident Zelenskiyga ishonch yorlig‘ini topshirdi
![O‘zbekiston elchisi prezident Zelenskiyga ishonch yorlig‘ini topshirdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1867687903.png)
O‘zbekistonning Ukrainaga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Alisher Kurmanov 11-dekabr kuni Mariinskiy saroyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga ishonch yorlig‘i topshirdi.
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, marosim ishonch yorliqlarini topshirish va Ukraina Prezidentining nutqi bilan chegaralandi.
Vladimir Zelenskiy O‘zbekiston Ukrainaning Markaziy Osiyodagi muhim sherigi ekani, tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishga intilayotganini ta’kidladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter