Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quva tumani hokimi o‘zgardi

Quva tumani hokimi o‘zgardi

Foto:«O‘zA»

20 mart kuni Farg‘ona viloyat Quva tumani hokimligida bo‘lgan navbatdan tashqari sessiyada Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Kurbanov Ravshan Xaydaraliyevich Quva tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqida «O‘zA» xabar berdi. 

R.Kurbanov bundan oldin O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi paxtachilik va texnika ekinlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Oldinroq, Namangan viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergandik. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring