Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa 2018-yili 10 000 nafar qochoqni qabul qiladi

Yevropa 2018-yili 10 000 nafar qochoqni qabul qiladi

Foto: AFP / GETTY IMAGES

Buni yakshanba kuni Italiya ichki ishlar vaziri e’lon qildi. Juma kuni 162 nafar jarohatlangan qochoqlarning ilk guruhi harbiy samolyotda Rimga keltirilgan, deya xabar beradi «Le Mond» nashri.

Tashkil etilgan gumanitar yo‘lakdan Liviyadagi qochoqlar lagerida to‘planib qolgan 10 000 nafarga yaqin qochoqlar 2018-yilda foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu gumanitar yo‘lak qochoqlarga xavfsiz holatda Yevropaga yetib olishlariga yordam beradi.

Juma kuni olib kelingan 162 nafar qochoq BMTning qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari tomonidan tanlab olingan va ular «siyosiy boshpana so‘rovchi» maqomida emas, balki «qochoq» maqomida qolishadi. Ya’ni ular mamlakatga kelishlari bilanoq moliyaviy ko‘mak olishadi va til kurslari, ta’lim, bolalar savodxonligini oshirish kabi ijtimoiy huquqlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

«Xalqaro migratsiya tashkilotining nizomiga muvofiq 2018 yilda qochqin maqomini olish huquqiga ega bo‘lmagan 30000 muhojir ixtiyoriy asosda o‘z vatanlariga qaytarib yuboriladi», — deya qo‘shimcha qiladi vazir. 2017-yilda 18 000 nafar ana shunday muhojir o‘z vataniga qaytarilgan edi.

Bir necha hafta oldin Liviya hamda Italiya rasmiylari o‘rtasida Liviyadagi qochoqlarni Yevropaga olib ketish borasida kelishuv imzolangan edi.

2017-yil 1-yanvaridagi holat bo‘yicha (umumiy hisobda 118 914 nafar) Italiya qirg‘oqlariga kelgan migrantlar soni 2016 yildagi holatga (179 769 kishi) nisbatan 33,8 foizga kamaygan edi. Bu yilda Italiya mamlakatga kirib kelgan 11 000 muhojirni Yevropaning boshqa davlatlariga chiqarib yuborishga erishgan edi. Chunki Italiya bungacha nodavlat tashkilotlar tomonidan tuzilgan gumanitar yo‘laklar orqali ham qonuniy muhojirlarni qabul qilgan edi. Xususan, Sant Egidio katolik tashkiloti Suriyadagi urushdan qochib kelgan 1000 nafar muhojirni o‘z bag‘riga olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring