Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasiga rahbar tayinlandi

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasiga rahbar tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

Otabek Amanov Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda umumiy quvvati 2,4 GVt bo‘lgan ikki energoblokdan iborat AES qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha Rossiyaning «Rosatom» korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi 2028-yilda ishga tushirilishi ma’lum qilingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring