AQSh Kongressi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
AQSh Kongressi delegatsiyasi O‘zbekiston - Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga keldi.
Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, delegatsiya tarkibi AQSh Kongressidagi «O‘zbekiston bo‘yicha kokus»ning hamraisi, Missisipi shtatidan respublikachi kongressmen Trent Kelli va Vakillar palatasining Yo‘llar va vositalar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi, Illinoys shtatidan respublikachi kongressmen Derin Laxud hamda ularning xodimlaridan iborat.
Amerikalik qonunchilar O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtlarida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbariyati bilan, shuningdek, respublikamiz vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Tashrif davomida delegatsiya mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosi bilan ham tanishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter