Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoyir Mirzayev yangi xizmat mashinasi sotib olishga moratoriy e’lon qildi

Zoyir Mirzayev yangi xizmat mashinasi sotib olishga moratoriy e’lon qildi

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda faoliyat yurituvchi 15 nafar hokim va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat avtomobili sotib olishni taqiqladi.

Bu haqda viloyat hokimi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi selektordan so‘ng o‘tkazilgan qisqa muhokama yig‘ilishida ma’lum qildi.

- Koson tumani hokimi va viloyat hokimi o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Bahrom Yusupovga ruxsat berganmiz, - dedi Zoyir Mirzayev. - Uning o‘rniga aholiga foydasi tegadigan biror ish qilaylik. Faqat, zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, viloyat sessiyasida tasdiqlansagina, ruxsat beramiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring