Zoyir Mirzayev yangi lavozimga tayinlanishi haqida xabarlar tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimi matbuot kotibi Behzod Qobulov bu xabarlarni rad etdi.
«Bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda o‘z ishini davom ettirmoqda va kun tartibiga muvofiq, belgilangan vazifalar, chora-tadbirlar ijrosi bilan band», — dedi u.
Viloyat hokimi matbuot kotibi tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini ham eslatib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Zoyir Mirzayev 2021 yilning noyabridan buyon Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlab keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter