Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi

Ayni paytda Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bir muddat oldin Shavkat Mirziyoyev mazkur masala bo‘yicha poytaxt Toshkent shahridagi holatni tanqidiy muhokama qilgani va ayrim rahbarlarni ishdan olgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Yig‘ilishda davlat rahbari respublikaning qolgan hududlarida ham ahvol yomonligini tanqid qildi.

Ayniqsa, Zangiota, Toshkent, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Uchqo‘rg‘on, Koson, Karmana, Qamashi, Shofirkon, Xo‘jayli, Denov, Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Farg‘ona, Paxtabod, Hazorasp tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Guliston, Chirchiq shaharlari hokimlari mas’uliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan hech qanday xulosa chiqarmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga «hayfsan» berildi.

Bugungi kunda barcha darajadagi rahbarlarning eng katta vazifasi – elektr va gaz tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlab berish. Lekin tegishli sohalar mutasaddilari buni uddalay olmayapti.

Shu munosabat bilan energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev lavozimidan ozod etildi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Mustafoyev, «O‘ztransgaz» rahbari Normatov va «O‘zbekneftgaz» rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga  vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.

Agar tarmoq korxonalarining ayrim moliyaviy masalalari vaqtida yechib berilganda, daromadlarining bir qismi investitsiya qilinib, tarmoqlarni yangilashga yo‘naltirganda vaziyat bunchalik og‘ir bo‘lmas edi, deb ta’kidlandi yig‘ilishda.

Bu masalada ham mas’ullar e’tiborsizlik qilgani tanqid qilindi.

Endi butunlay boshqacha tizim bo‘lishi – strategik korxonalar Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazilishi belgilandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring