Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda. Sessiyada Toshkent viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari yig‘ilish davomida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelgan Zoyir Mirzayevning nomzodini viloyat boshqaruviga tavsiya qildi. Xabar.uz muxbiri tomonidan ma’lum qilinishicha, Kengashda uning nomzodi tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Z.Mirzayev 2021-yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring