Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi viloyatlarda zo‘ravonlik ko‘p uchramoqda?

Qaysi viloyatlarda zo‘ravonlik ko‘p uchramoqda?

Pandemiya sabab butun dunyoda zo‘rovonlik va tazyiq holatlari  oshib ketish holatlari kuzatilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda ham.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 2020-yilda respublika bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish holatlariga duch kelgan jami 14 774 nafar shaxsga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan. 

Himoya orderining 10 785 tasi eri tomonidan xotiniga, 617 tasi qaynonasi tomonidan keliniga, 367 tasi kelini tomonidan qaynonasiga hamda 3 005 tasi boshqalarga rasmiylashtirilgan.

Sodir etilgan tahdidlarning 6 836 tasini jismoniy, 6 281 tasini ruhiy, 121 tasini iqtisodiy, 56 tasini jinsiy zo‘ravonlik hamda 1 480 tasini tazyiq o‘tkazish turlari tashkil etgan.

Zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish holatlari yuzasidan eng ko‘p himoya orderi Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Farg‘ona viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida berilgan. Eng kam ko‘rsatkichlar esa Sirdaryo, Surxondaryo hamda Navoiy viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring