Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nevarasini shippak bilan urgan buvi qamalishi mumkin

Nevarasini shippak bilan urgan buvi qamalishi mumkin

foto: internet, ochiq manba

Denizli (Turkiya) shahrida yashovchi 80 yoshli buvi va uning 18 yoshli nevarasi o‘rtasida kichkina janjal chiqdi. Ya’ni Asiye Kaytan nevarasi Asiye Vural tungi ziyofatga ketayotgani uchun uni shippak bilan urdi. Bunga javoban esa qiziqqon nevara buvining boshiga mobil telefon bilan. Kampirning boshi yorildi. Qo‘rqib ketgan qiz tungi ziyofatga ketayotganini ham unutib tez yordamni chaqirdi.  

Momoga jiddiy zarar yetmagan ekan, buvi va nevara yarashib olishdi,

 

ammo ish oshkora bo‘lgan va bu kutilmagan natijaga olib kelgan. Politsiya uydagi bu holatni zo‘ravonlik deb baholadi va nevara o‘zini himoya qilish uchun harakat qilgan degan xulosaga keldi. Lekin buvini birinchi  hujum qilishda ayblash mumkin.  

Bechora buvi juda xavotirda, chunki u to‘rt yilga qamalishi mumkin. Momoning advokati apellyasiya shikoyati berdi va endi barcha qarindoshlar 80 yoshli buvi qarigan chog‘ida mahbus bo‘lib qolmasligiga umid qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring