«Zo‘ravon qidirilmoqda» — IIV
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum kimsa boshqa shaxsni do‘pposlab, unga tan jarohatlari yetkazayotganligi tasvirlangan videolavha O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan o‘rganilmoqda.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat respublika hududidan tashqarida sodir etilganligi bo‘yicha birlamchi tezkor ma’lumot olingan.
«Hozirda departament xodimlari tomonidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikda videolavhada aks etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, ularning natijasi yuzasidan aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash choralari ko‘riladi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter