Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoir Mirzayev birinchi bo‘ldi

Zoir Mirzayev birinchi bo‘ldi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

O‘zbekiston tarixida ilk bor viloyat hokimining rasmiy qarori elektron raqamli imzo orqali birorta qog‘oz ishlatilmasdan «E-qaror» elektron tizimi orqali qabul qilindi. Mazkur qaror Qashqadaryo viloyati hokimiga tegishli bo‘ldi.

Yangi onlayn dasturning ustunlik tomonlari, chiqarilayotgan qarorlar to‘g‘ridan to‘g‘ri «E-qaror» tizimi orqali keng jamoatchilik bemalol kuzatib borishi mumkin.

«E-qaror» elektron tizimini respublikamizning barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etilishi ularning faoliyati va ish yurituvi shaffoflashishiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari poymol bo‘lishini oldlini olishga, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari uchun asossiz xarajatlarni keltirib chiqaruvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan normalarni o‘rnatilishini oldini olishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, noqonuniy hujjatlar qabul qilinishini oldini olish, hokimliklar faoliyati ochiq va oshkoraligini ta’minlash, sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi 218-son «Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.

Qarorga asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — «E-qaror» 2021 yilning yanvar – may oylarida Qashqadaryo viloyatida aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazilishi, 2021 yil 1 iyuldan boshlab huquqiy eksperiment natijalari asosida «E-qaror» elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etilishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring