Zoir Mirzayev 1 trln so‘mga yer olgan hokimdan tushuntirish so‘radi
Toshkent viloyati hokimligi Piskent tumani hokimi Rahimjon Rixsiyevning Ohangaron tumanidagi 397 gektar yerni 1 trillion so‘mga ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritgani bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Piskent tuman hokimi o‘z xatti-harakatlari yuzasidan viloyat hokimiga yozma ravishda tushuntirish bergan.
Rahimjon Rixsiyevga o‘z faoliyatida duch kelayotgan noaniqlik yoki boshqa muammolarni yuqori turuvchi tashkilotlar, tegishli idoralar bilan birgalikda muzokara, muloqot shaklida, rasmiy kanallar orqali hal etish lozimligi uqtirilgan.
«Ayni paytda auksionda ijaraga qo‘yilgan yerlarning savdosi bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘rganishlar boshlangan. Bu haqda keyinroq qo‘shimcha axborot beriladi», — deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Piskent tumani hokimi Rahimjon Rixsiyev auksionda qatnashib, 1 trln. so‘mga yer sotib olgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter