Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zilzilani oldindan aniqlash usuli topildi

Zilzilani oldindan aniqlash usuli topildi

Foto: «BBC.com»

Island tadqiqotchilari seysmik faollikni topish va baholash uchun optik tolali kabeldan foydalanishdi, deb yozmoqda «BBC». Izlanishlar davomida internet va televideniye uchun ishlatiluvchi optik tolali kabelning ajoyib xususiyati aniqlandi: shu oddiy shisha sim tuproqdagi harakatlar va silkinishlarga juda sezgir ekan.

Island geologlari hamda Germaniya geofizik tadqiqotlar markazi mutaxassislari tebranishni o‘lchash uchun Islandiyadagi ikkita elektr stansiyasi o‘rtasida optik tolali kabel tortishdi. Simning butun uzunligi bo‘ylab tebranishlarni aniqlash uchun kabel tolasi bo‘ylab kichik lazer impulsi yuborilishi yetarli bo‘ldi.

Yangi texnologiya sharofati bilan sesmik faollik qayerda va qachon boshlanishini barvaqt aniqlagan olimlar odamlarni xavfdan ogohlantirisha olishadi. Hozir «optik usul»ni Meksika va Yaponiya geologiya laboratoriyalari ham sinab ko‘rishyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring