Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Rossiya va Ukraina o‘rtasida kimlar vositachi bo‘la olishini aytdi

Zelenskiy Rossiya va Ukraina o‘rtasida kimlar vositachi bo‘la olishini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi rolini faqat AQSh, Xitoy yoki butun Yevropa Ittifoqi o‘z zimmasiga olishi mumkin. Chunki ular kuchli iqtisodiyot va armiyaga ega.

Ukraina prezidenti, shuningdek, mojaroga barham berish bo‘yicha har qanday takliflar o‘zi ishlab chiqqan «tinchlik formulasi»ga asoslanishi kerakligini ta’kidladi.

«Faqat Rossiyani bu urushni to‘xtatishga majbur qila oladigan jiddiy va kuchli ittifoqchilar vositachi bo‘lishi mumkin.

Dunyoda bunday davlatlar ko‘pmi? Ozgina. Menimcha, AQSh shunday davlat, Xitoy va Yevropa Ittifoqi. Faqat bir davlat emas, balki butun Yevropa Ittifoqi. Bu shunday vositachilik missiyasi bo‘lishi mumkin», dedi Zelenskiy Varshavada Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Mojaroni tugatish bo‘yicha takliflar, shu jumladan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban taqdim etgan takliflar haqida gapirar ekan, Vladimir Zelenskiy yana bir bor uning «tinchlik formulasi»ga muqobil yo‘qligini ta’kidladi.

Shuningdek, u Viktor Orbanning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga borishi uning shaxsiy tashabbusi bo‘lganini va Ukraina bilan kelishilmaganini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring