Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy rossiyaliklar uchun ikki yo‘l borligini aytdi

Zelenskiy rossiyaliklar uchun ikki yo‘l borligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi videomurojaatida rossiyaliklarni safarbarlikdan qochishga yoki birinchi imkoniyatda Ukraina asirligiga taslim bo‘lishga chaqirdi.

«Yana bir bor e’lon qilaman: yechim bor. Jinoiy safarbarlikka bo‘ysunmang. Qoching. Yoki birinchi imkoniyatda Ukrainaga taslim bo‘ling», deb chaqirdi Zelenskiy. «Rossiya fuqarolari hech bo‘lmaganda o‘z hayotlarini himoya qilishga urinsalar, bu jinoiy urush tezroq tugaydi».

Zelenskiy Dog‘istonda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlariga munosabat bildirar ekan, bular o‘z hayoti va farzandlarining hayoti uchun kurashayotgan odamlar ekanini aytdi va barcha ruslarni ham shunday qilishga chaqirdi.

«Chunki siz farzandlarimizning joniga qasd qilgani kelsangiz, biz sizni tirik qoldirmaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

Shanba kungi videomurojaatida Zelenskiy taslim bo‘lgan barcha rus askarlariga insoniy munosabatda bo‘lishni va’da qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring