Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarafshon shahri kengaytiriladi, yangi «Sanoatchilar shaharchasi» quriladi

Zarafshon shahri kengaytiriladi, yangi «Sanoatchilar shaharchasi» quriladi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Navoiyda bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyatdagi uy-joy muammosini ko‘tardi.

— Hozirgi kunda viloyatda uy-joyga bo‘lgan talab yuqoriligi barchamizga ma’lum. Ayniqsa, ushbu masala Navoiy va Zarafshon shaharlarida o‘ta dolzarb. Shu bilan birga, kelgusi besh yilda Navoiy aholisi kamida 150 ming nafarga oshadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Amaldagi davlat rahbarining ta’kidlashicha, Navoiy viloyatida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • Navoiy shahrida yangi massiv barpo etilib, 4 ming xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy ob’yektlar barpo etiladi;
  • Zarafshon shahri hududi kengaytirilib, qo‘shimcha 30 ming aholi yashashi uchun, zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan, «Sanoatchilar shaharchasi» quriladi;
  • boshqa tumanlarda 14 ming xonadonli 400 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring