Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon - Qoraqum yo‘lagi Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritildi
Saudiya Arabistonida YuNESKO Jahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu sessiya davomida Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon - Qoraqum koridori Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritilgan «Ipak yo‘li. Zarafshon - Qoraqum koridori» uch davlatda joylashgan 31 ta ob’yektdan iborat. Bulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi hozirgi O‘zbekiston hududida, qolganlari Turkmaniston hududida joylashgan.
Turli davrlardagi barcha obyektlar tarixdagi eng muhim savdo yo‘llaridan biri - Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib, uzoq tarix va boy madaniy-tarixiy merosni namoyon etadi.
O‘zbekiston «Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon - Qoraqum koridori» nominatsiyasini taqdim etish bo‘yicha loyiha koordinatori sifatida ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter