Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon - Qoraqum yo‘lagi Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritildi

Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon - Qoraqum yo‘lagi Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritildi

Saudiya Arabistonida YuNESKO Jahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu sessiya davomida Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon - Qoraqum koridori Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritilgan «Ipak yo‘li. Zarafshon - Qoraqum koridori» uch davlatda joylashgan 31 ta ob’yektdan iborat. Bulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi hozirgi O‘zbekiston hududida, qolganlari Turkmaniston hududida joylashgan.

Turli davrlardagi barcha obyektlar tarixdagi eng muhim savdo yo‘llaridan biri - Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib, uzoq tarix va boy madaniy-tarixiy merosni namoyon etadi.

O‘zbekiston «Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon - Qoraqum koridori» nominatsiyasini taqdim etish bo‘yicha loyiha koordinatori sifatida ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring